Tarixiy Samarqand shahri, Zarafshon daryosi vodiysida, O‘zbekistonning shimoli-sharqiy mintaqasida joylashgan bo‘lib, ikki yarim ming yillik tarixga ega bo‘lgan jahon madaniyatlarining chorrahasi hisoblanadi. Mintaqadagi aholi turar joylarining tarixi miloddan avvalgi 1500 yillarga borib taqaladi, rivojlanishning eng muhim davri esa Temuriylar davriga, ya'ni XIV–XV asrlardagi kuchli temuriylar saltanatiga to‘g‘ri keladi.
Samarqandning tarixiy markazi uchta asosiy qisimdan iborat. Shimoli-sharqda miloddan avvalgi VII asrda tashkil etilgan va XIII asrda Chingizxon tomonidan vayron qilingan qadimgi Afrosiyob shahri bo‘lib, u arxeologik qo‘riqxona sifatida saqlanib qolgan. Arxeologik qazishmalar natijasida qadimiy qal'a va istehkomlar, hukmdor saroyi (VII asrda qurilgan, devorlarida suratlar aks ettirilgan), turar joy va hunarmandchilik mahallalari aniqlangan. Shuningdek, VIII–XII asrlarda qurilgan katta qadimiy masjid qoldiqlari mavjud.
Janubda esa arxitektura ansambllari va XIV–XV asrlarda temuriylar davrida bunyod etilgan o‘rta asr shahri joylashgan bo‘lib, ular mintaqada shaharsozlik, me'morchilik va san'at sohalarining rivojlanishida muhim rol o‘ynagan. Eski shahar hanuzgacha tarixiy shaharsozlikka oid tor ko‘chalar, ijtimoiy markazlar, masjidlar,madrasalar va turar jo ylardan tashkil topgan. An'anaviy o‘zbek uylari bir yoki ikki qavatli bo‘lib, loy g‘ishtdan qurilgan. Uylarning shifti yog‘ochdan, devorlari bezatilgan bo‘lib, hovli o‘rtasida, bog‘ atrofida esa xonalar joylashgan. Temuriylar davridagi ustalarning islomiy ansambllarni loyihalashtirish va qurishga qo‘shgan hissasi islom me'morchiligi va san'atining rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib, butun mintaqaga katta ta'sir ko‘rsatdi, ular Forsdagi Safaviylar, Hindistondagi Boburiylar va hatto Turkiyadagi Usmoniylar davlatlariga tarqaldi.
G‘arbda XIX va XX asrlarda ruslar tomonidan Yevropa uslubida qurilgan shahar mavjud. Samarqandning zamonaviy qismi aynan shu tarixiy hudud atrofida joylashgan. Ushbu hudud an'anaviylikning davomiyligini va qiymatlarning uyg‘unligini aks ettiradi, ular mahallalarda, guzarlarda, masjidlarda va uylarda ifodalangan. Ko‘plab uylar hovli va bog‘ atrofida qurilgan bo‘lib, xonalar bo‘yalgan va bezatilgan.
Yirik yodgorliklar orasida dastlab loy g‘ishtdan qurilgan va bezatilgan, keyinchalik sopol koshinlar bilan qoplangan Registon masjidi va madrasalari, Bibixonim masjidi va maqbarasi, Shohi-Zinda majmuasi, qator masjidlar, madrasalar va maqbaralar hamda Go‘ri-Amir va Ruhobod ansambllari, shuningdek Ulug‘bek rasadxonasi qoldiqlari mavjud.
I-mezon: qadimiy madaniyatlar chorrahasida joylashgan Samarqandning me'morchiligi va shaharsozligi islom madaniy ijodining durdonalari hisoblanadi.
II-mezon: Samarqanddagi Bibixonim masjidi va Registon kabi ansambllar O‘rta Yer dengizi va Hindiston yarimoroliga qadar bo‘lgan mintaqada islom me'morchiligining rivojlanishida muhim rol o‘ynagan.
IV-mezon: Qadimiy Samarqand shahri va uning san'ati, me'morchiligi, shahar tuzilishi XII asrdan to hozirgi kungacha Markaziy Osiyo madaniy va siyosiy tarixining eng muhim bosqichlarini aks ettiradi.
Afrosiyobdan to Temuriylar qismigacha, so‘ngra XIX asrga oid shahargacha bo‘lgan rivojlanishning barcha tarixiy bosqichlari ustma-ust sodir bo‘lmagan, aksincha yonma-yon barpo etilgan. Shahar sarhadlarining kengayish bosqichlarini aks ettiruvchi ushbu elementlar ob'ekt chegaralari doirasida jamlangan. So‘nggi o‘zgarishlar/rivojlanishlar Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan ob'ekt atrofida, ayrimlari esa bufer zonasida ro‘y bermoqda. Afrosiyob qisman qazilgan hamda shaharning temuriylar va yevropa qismlari jonli tarixiy shahar sifatida saqlangan.
Asosiy ro‘yxatdagi yodgorliklar yaxshi ta'mirlangan. O‘rta asrlarga oid ayrim qiymatlar, masalan, shahar devorlari va qal'asi, shuningdek, asosiy yodgorliklar atrofida joylashgan an'anaviy turarjoy binolarining qaysidir qisimlari yo‘qolgan. Shunga qaramay, shahar hanuzgacha milliy uylarning ajoyib namunalaridan iborat bo‘lgan an'anaviy islomiy mahallalarni aks ettiruvchi shaharsozlikni o‘z ichiga oladi.
Biroq, ob'ektni butunligiga salbiy ta'sir qiluvchi bir qancha omillar mavjud bo‘lib, ushbu kamchiliklarni bartaraf qilish uchun boshqaruvni barqarorlashtirish va muhofaza qilish choralarini yo‘lga qo‘yish kerak.
The architectural ensembles of Samarkand as well as archaeological remains of Afrosiab have preserved all characteristic features related to the style and techniques and have maintained the traditional spatial plans of the urban quarter.
However, inadequate restoration interventions as well as the challenges faced in controlling changes, particularly the construction of modern buildings, and the modernization on private properties have affected the authenticity of the property and make the property vulnerable to further changes.
Meros ob'ektini muhofaza qilish bo‘yicha huquqiy asoslar yetarlidir. Samarqand davlat tarixiy me'moriy qo‘riqxonasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (1982 yil 26 may) asosida tashkil etilgan. Qo‘riqxonada barcha qurilish va obodonlashtirish ishlari Samarqand viloyat madaniy meros ob'ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha davlat inspeksiyasining tavsiyalari asosida amalga oshiriladi.
Muhofaza hududlarini boshqarish mas'uliyati Turizm va madaniy meros vazirligi va Samarqand viloyati hokimiyatiga yuklatilgan. Ob'ektni asrash va boshqarishga ta'sir ko‘rsatadigan mutasaddi tashkilotlar ro‘yxatiga O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi va Madaniyat yodgorliklarini saqlash hamda ulardan foydalanish bo‘yicha asosiy ilmiy kengash, Samarqand viloyati va shahar hokimliklari, Samarqand viloyati madaniy meros ob'ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha davlat inspeksiyasi kiradi. Samarqand qo‘riqxonasida olib borilishi rejalashtirilgan qurilish/rekonstruksiya to‘g‘risidagi qarorlar Samarqand viloyati madaniy meros ob'ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha davlat inspeksiyasi yoki Samarqand shahri yodgorliklarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha ilmiy kengash bilan kelishilgan holda qabul qilinadi. Yirik loyihalar milliy darajada ma'qullanadi.
Samarqand viloyati madaniy meros ob'ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha davlat inspeksiyasi yodgorliklarni ro‘yxatga olish, monitoring qilish, konservasiya va qayta tiklash ishlarini texnik nazorat qilish kabi kundalik ishlarni olib boradi. Yangi loyihalarni texnik ekspertizadan o‘tkazish va Samarqand shahridagi yodgorliklarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha barcha mutasaddi tashkilotlarni birlashtirish kabi vazifalar muvofiqlashtiruvchi qo‘mita vazifasini bajaruvchi ilmiy kengash tomonidan amalga oshiriladi. Butunjahon merosi bo‘lgan ob'ekt oldida turgan muammolarning ko‘lami va murakkabligini hisobga olgan holda, boshqarish tizimini mustahkamlash va uning ijrosini ta'minlash zarur.
Barcha milliy va mahalliy hokimiyat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada takomillashtirish va xalqaro standartlar asosida ob'ektni muhofaza qilish uchun barqaror boshqaruv rejasini amalga oshirish zarur. Ob'ektning butunligi va asilligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan bir qator omillarni xalqaro miqyosda qabul qilingan muhofazalash standartlariga rioya etgan holda muhofaza qilishning yaxlit strategiyasini amalga oshirish, shuningdek, tartibga soluvchi choralarni qo‘llash orqali muntazam ravishda bartaraf qilish kerak. Butunjahon merosi bo‘lgan ob'ektning shahar matrisasi va morfologiyasini himoya qilish uchun uning boshqaruv tizimini/rejasini boshqa rejalashtirish vositalari/tizimlari bilan uyg‘unlashtirish kerak bo‘ladi.
Moliyalashtirish davlat byudjeti, byudjetdan tashqari manbalar va homiylik mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Boshqaruv tizimining doimiy ishlashini ta'minlash uchun ob'ektni saqlash va rivojlantirishning barcha jabhalarida zarur bo‘lgan resurslarni jalb qilish kerak.
Samarqand – madaniyatlar chorrahasi Butunjahon merosi chegaralari va bufer zonasi koʻrsatilgan rasman yangilangan xaritasi bilan bu yerda tanishingiz mumkin.
Samarqand – madaniyatlar chorrahasi haqida hujjatlarni va batafsil ma’lumotni YUNESKOning Butunjahon merosi veb-saytida topishingiz mumkin.