Himoya va tartibga solish

Jahon merosi to'g'risidagi konventsiya

Butunjahon merosi Konvensiyasiga oid Qo‘llanma YUNESKOning Butunjahon merosi markazi tomonidan uning maslahat organlari koʻmagida ishlab chiqilmoqda:

XTMI

(Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi) Butunjahon merosi Qoʻmitasiga tabiiy va aralash meros obyektlarining texnik baholarini, masalan, roʻyxatga kiritilgan obyektlarning saqlanish holati toʻgʻrisidagi qaydlar va hisobotlarni taqdim etadi.

ICOMOS

(Xalqaro yodgorliklar va diqqatga sazovor joylar qo‘mitasi) Butunjahon merosi Qoʻmitasiga madaniy va aralash meros obyektlarining texnik baholarini, shu jumladan, sanab oʻtilgan obyektlarning saqlanish holati toʻgʻrisidagi qaydlar va hisobotlarni taqdim etadi.

ICCROM

(Xalqaro madaniy obyektlarini oʻrganish va qayta tiklash markazi) Qoʻmitaga madaniy obyektlarni saqlash, shuningdek kadrlar tayyorlash boʻyicha ekspert maslahatlari beradigan hukumatlararo tashkilot.

Yangilangan tavsiyalarni Butunjahon merosi Konvensiyasini amalga oshirishga doir Foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomada topish mumkin. 

Butunjahon merosi obyektlarini muhofaza qilish va boshqarish Buyuk umuminsoniy qadriyatni, shu jumladan ro‘yxatga kiritish paytida yaxlitlik va/yoki asillik shartlarini kelajakda saqlab qolish yoki takomillashtirishni ta‘minlashi kerak. Foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomada (FY 96) belgilanganidek, obyektlarni saqlashning umumiy holatini va ularning Buyuk umuminsoniy qadriyatini muntazam ravishda ko‘rib chiqish Butunjahon merosi obyektlarini monitoring qilish jarayonlarining bir qismi sifatida amalga oshirilishi kerak.

Milliy huquqiy baza

O'zbekiston 1993 yilda YuNESKOning a'zosi va Jahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to'g'risidagi konvensiyaning ishtirokchisiga aylandi (Konventsiya matni ingliz, rus va o'zbek tillarida). Konvensiyani imzolash orqali O'zbekiston o'z zimmasiga olgan majburiyatlarga rozilik beradi va milliy miqyosdagi ob'ektlar va jahon meros ob'ektlarini global miqyosda himoya qilishni qo'llab-quvvatlaydi, bu milliy qonunlar va huquqiy hujjatlarda aks ettirilgan.

1972-yilgi Butunjahon merosi Konvensiyasi va uning Foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomasining buzilish ehtimoli bo‘yicha shikoyat qilish tartibi

Fuqarolar/mahalliy hamjamiyatlarning Oʻzbekistondagi Butunjahon merosi obyektining yo‘q qilinishi yoki unga zarar yetkazilishi bilan bogʻliq barcha shikoyatlari bevosita ingliz tilida YUNESKO Butunjahon merosi markazi veb-saytidagi shakldan foydalangan holda Butunjahon merosi markaziga yuborilishi kerak (iltimos, “Biz bilan bogʻlanish” formasidan foydalaning).

Mahalliy va respublika hokimiyat organlarining, shu jumladan Butunjahon merosi obyektlari vakolatli organlarining soʻrovlari Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi yoki YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi orqali Butunjahon merosi markaziga yuboriladi.

Agar sizga qoʻshimcha maʼlumot kerak boʻlsa, bu yerda “YUNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi sahifasi”ga kiring. Bu yerda ma’lumotlar rus tilida berilgan.