G`arbiy Tyan-Shan

Tasvir haqida

© IUCN

Tasvir haqida

© IUCN

Tasvir haqida

© IUCN

Tasvir haqida

© IUCN

Tasvir haqida

© IUCN

Tasvir haqida

© IUCN

Tasvir haqida

© IUCN

Tasvir haqida

© IUCN

Tasvir haqida

© IUCN

Tasvir haqida

© IUCN

Tasvir haqida

© IUCN

Tasvir haqida

© IUCN

Tasvir haqida

© IUCN

Tasvir haqida

© IUCN

Tasvir haqida

© IUCN

Tasvir haqida

© IUCN

Tasvir haqida

© IUCN

Tasvir haqida

© IUCN

Tasvir haqida

© IUCN

Tasvir haqida

© IUCN

Mashhur umuminsoniy qadriyatlar bayonoti

Qozog'iston va Qirg'iziston bilan birgalikda

Qisqacha sintez

G‘arbiy Tyan-Shan landshaft mozaikasining ajoyib xilma-xilligi va go‘zalligini, turli xil ekotizim turlarining o‘ziga xos kombinatsiyasini, endemik turlari va umumiyligini, shuningdek, juda kam sonli va xavf ostida bo‘lgan turlarning katta qismini o‘z ichiga olgan fauna va floraning ajoyib namayondasidir.

O‘simliklar xilma-xilligiga boy joylarning ko‘pi Tyan-Shanning Pomir tog‘li tizmalarida joylashgan va ushbu xilma-xillikning yarimi O‘rta Osiyoga xosdir.

G‘arbiy Tyan-Shan madaniy o‘simliklarning kelib chiqishi markazi sifatida alohida ahamiyatga ega. Bu yerda  olma, o‘rik, pista, tok, olxo‘ri, nok, yong‘oq va do‘lana kabi uy sharoitida yetishtiriladigan mevali o‘simliklarga tegishli bo‘lgan bir qancha yovvoyi turlar mavjud.

Mezon (x): G‘arbiy Tyan-Shan noyobligi yuqori darajadagi global muhofaza qilish ahamiyatiga ega bo‘lgan o‘simlik va hayvonot turlarining xilma-xilligini o‘zida jamlagan.

G‘arbiy Tyan-Shan mintaqasidagi umurtqali hayvonlar bioxilma-xilligi sutemizuvchilarning 61 turini, qushlarning 316 turini, sudralib yuruvchilarning 17 turini, amfibiyalarning 3 turini va 20 dan ortiq baliq turlarini o‘z ichiga oladi, ularning deyarli barcha turlari obyekt maydonida uchraydi.

G‘arbiy Tyan-Shan IUCN (XTMI) tomonidan dunyo miqyosida xavf ostidagi floraning 14 turi va faunaning 18 turini o‘zida jamlagan. Ular orasida bugungi tijoratga oid mevali daraxtlarning bir nechta yovvoyi qarindoshlarini, masalan, yovvoyi o‘rik – Armeniaca vulgaris (EN), Sievers olmasi – Malus sieversii (VU) va Juglans regia yong‘og‘i (NT), shuningdek Crataegus knorringiana (CR); Lonicera karataviensis (CR), Betula talassica (EN), Spiraeanthus schrenkianus (EN) va boshqa noyob turlarini uchratish mumkin. Fauna misolida esa: lochin Falco cherrug (EN), Misr kalxati – Neophron percnopterus (EN), kulrang kalxat – Aegypius monachus (NT), xarizmatik qor qoploni – Uncia uncia (EN), yovvoyi qo‘ylar – Ovis ammoni, ikki xil turga ega (Karataudagi nigrimontana – dunyodagi asosiy jamlanmaning 80%ini tashkil etadi va karelini), Menzbier sug‘uri – Marmota menzbieri, Yevropaning marmar sassiqkuzani – Vormela peregusna (VU) kabilarni ko‘rish mumkin. Umurtqali hayvonlarda yuqori darajadagi endemizm mavjud.

Yaxlitlik bayonoti

Obyekt tarkibiga kiradigan muhofaza hududlari IUCNning (XTMI) I va II toifalariga mos keladigan himoya darajasiga ega.

Obyektning alohida tarkibiy qismlari G‘arbiy Tyan-Shan tabiiy tizmalarining ahamiyatini va xususiyatlarini aks ettiruvchi jarayonlarning to‘liq birgalikda ishlashini ta’minlaydi.

Obyektga, asosan brakonerlik, mol boqish, noqonuniy daraxt kesish, pichan yig‘ish, gullarni noqonuniy terish va boshqalar bosim o‘tkazadi. G‘arbiy Tyan-Shandagi tabiiy ofatlarning tipik turlari tosh ko‘chishi,  suv toshqinlari va qurg‘oqchilikdir, qurg‘oq yillar natijasida yong‘inlar sodir bo‘ladi. Obyektning ayrim qismlarida aholi zich joylashgan va natijada bu ko‘p sonli tashrif buyuruvchilarni qabul qilish imkoniyatini beradi, boshqa tomondan esa nazoratsiz dam olish xavfi mavjud. Barcha muhofaza etiladigan hududlarda ushbu tahdidlar va bosimlar boshqaruv rejalarida hisobga olinadi va xodimlar nazorat qilish hamda ofatlarning oldini olish bo‘yicha muntazam yetarli darajada o‘qitiladi.

Himoya va boshqarish bo'yicha talablari

Obyektning barcha tarkibiy qismlari respublika ahamiyatiga ega bo‘lib, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston milliy qonunchiligi bilan muhofaza qilinadigan hududlar hisoblanadi. Qo‘riqxonalar qat’iy muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar maqomiga ega, bu yerda hayvonot va o‘simliklardan foydalanish, iqtisodiy faoliyat yuritish qat’iy taqiqlanadi. Shuningdek, muhofaza qilinadigan hududlar inspektorlari tomonidan, istisno tarzida, faqat maxsus ajratilgan joylarga tashrif buyuruvchilarning o‘ta cheklangan soni kirishlariga ruxsat beriladi. Sayram-Ugam milliy bog‘ida qo‘riqxonalardagidek qat’iy tartib ostida muhofaza qilinadigan hududlar, shuningdek, tashrif buyuruvchilar va tabiatdan qat’iy cheklangan holda foydalanish uchun ajratilgan joylar mavjud. G‘arbiy Tyan-Shanning barcha hududlari hukumat mulkidir, ularning har biri o‘z ma’muriyati va xodimlariga ega, ular har bir mamlakatning vakolatli davlat ijroiya organlari tomonidan davlat byudjet mablag‘lari hisobidan boshqariladi.

Obyekt, umuman olganda, transchegaraviy Boshqaruv qo‘mitasi tomonidan boshqarilishi rejalashtirilgan (qo‘riqlanadigan hududlar vakillari va mas’ul davlat organlaridan iborat) hamda ushbu qo‘mita tabiatni muhofaza qilish, uni boshqarish harakatlarini muvofiqlashtirish, tajriba va ma’lumot almashishda asosiy rol o‘ynaydi. Qo‘mita G‘arbiy Tyan-Shan Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilganidan so‘ng ko‘p o‘tmay tuziladi va hukumatlararo guruh sifatida rejalashtirilgan yig‘ilishlar (yiliga kamida bir marta) va telekonferensiyalar orqali muloqot qiladi.

Butunjahon merosi chegaralari va bufer zonalari ko‘rsatilgan xarita

Butunjahon merosi chegaralari va bufer zonasi koʻrsatilgan rasman yangilangan xaritasi bilan bu yerda tanishingiz mumkin.

Hujjatlar

Butunjahon merosi haqida hujjatlarni va batafsil ma’lumotni YUNESKOning Butunjahon merosi veb-saytida topishingiz mumkin.