Ichon Qal’a

Tasvir haqida

©UNESCO

Tasvir haqida

©UNESCO

Tasvir haqida

©UNESCO

Tasvir haqida

©UNESCO

Tasvir haqida

©UNESCO

Tasvir haqida

©UNESCO

Tasvir haqida

©UNESCO

Tasvir haqida

©UNESCO

Tasvir haqida

©UNESCO

Tasvir haqida

©UNESCO

Tasvir haqida

©UNESCO

Tasvir haqida

©UNESCO

Tasvir haqida

©UNESCO

Tasvir haqida

©UNESCO

Tasvir haqida

©UNESCO

Tasvir haqida

©UNESCO

Tasvir haqida

©UNESCO

Tasvir haqida

©UNESCO

Tasvir haqida

©UNESCO

Tasvir haqida

©UNESCO

Tasvir haqida

©UNESCO

Tasvir haqida

©UNESCO

Tasvir haqida

©UNESCO

Tasvir haqida

©UNESCO

Tasvir haqida

©UNESCO

Tasvir haqida

©UNESCO

Tasvir haqida

©UNESCO

Tasvir haqida

©UNESCO

Tasvir haqida

©UNESCO

Mashhur umuminsoniy qadriyatlar bayonoti

Qisqacha sintez

Ichon qal'a Xivaning ichki qal'asi bo‘lib, Amudaryo (G‘arbdagi qadimiy nomi – Oksus) janubida, O‘zbekistonning Xorazm viloyatida joylashgan. U Eronga boradigan karvonlar uchun so‘ngi qo‘nimgoh vazifasini o‘tagan.

Ichon qal'a ikki ming yildan ziyod tarixga egadir. Ichki shaharcha 26 gektar yer maydonidan iborat bo‘lib, u Markaziy Osiyoning qadimiy shaharsozlik an'analariga asoslangan holda bunyod etilgan. To‘g‘ri to‘rtburchak (400 metrga 650 metr) shaklida, janubdan shimolga cho‘zilgan, atrofi o‘n metrgacha balandlikdagi g‘ishtdan qurilgan himoya devorlari bilan o‘ralgan.

Bu yerda jami 51ta qadimiy monumental binolar va 250ta xonadon joylashgan. Yuqori darajadagi arxitektura ansamblari sifatida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin: Juma masjidi, Oq masjid; Alla Quli xon, Muhammad Aminxon va Muhammad Rahimxon madrasalari; Pahlavon Mahmud, Sayid Alovuddin, Sherg‘ozixon mavzoleylari va shuningdek, karvonsaroylar va bozorlar. Ushbu atributlar Markaziy Osiyo Islom me'morchiligining o‘ziga xos mashhur namunalaridir. Juma masjidining atrofi hovli bilan o‘ralgan bo‘lib, u Markaziy Osiyoning o‘zgaruvchan iqlimiga moslab qurilgan. Bino me'moriy shaklidagi proporsiyalar va ichki o‘lchamlar (55m x 46m) tufayli betakror hisoblanadi. Inshoot sakkiz burchakli qandillar bilan bazo‘r yoritilgan va 212 ustun bilan bezatilgan. Jamoatchilik joyi sanalgan madrasalar sodda bezakli, biroq muhtasham proporsiyalarga ega bo‘lgan. Bu bilan ular Markaziy Osiyoga xos o‘zgacha Islomiy arxitektura turini tashkil etgan.

Ichon qal'aning Markaziy Osiyo arxitekturasi tarixida qoldirgan merosining o‘rni nafaqat saqlanib qolgan me'moriy yodgorliklar, balki Xorazm ustalarining Markaziy Osiyo arxitekurasiga qo‘shgan betakror hissasi hamda bu boradagi mumtoz an'analarning saqlanishi bilan ham o‘lchanadi. Xiva mahalliy me'morchiligi hovlisi bor yopiq uylari, ustunli mehmonxonalari yoki yog‘ochdan tayyorlangan bezakli ustunlarga ega bo‘lgan ayvonlari, xos xonalari bilan ajralib turadi. Imoratlardagi bu kabi o‘ziga xosliklar XVIII va XX asrga tegishli morfologik o‘lchamlar kesimida tadqiq qilinishi mumkin.

Biroq, Ichon qal'aning mashhur sifatlari aniq bir binolar misolida emas, balki shaharning o‘zaro mutanosib me'moriy yechimi asosida baholanadi. XIX va XX asrlarda qurilgan aksariyat inshootlar an'anaviy qurilishlarinng uzviy davomini tashkil etadi.

(iii) mezon: Xivaning ichki shahri – Ichon qal'a aniq va yaxshi saqlanib qolgan shahar me'morchilik ansambli orqali yo‘qolgan Xorazm sivilizasiyasi haqida guvohlik beradi.

(iv) mezon: Ichon qal'aning bir nechta yodgorliklari ajoyib va betakror arxitektura ansambllari turlarini tashkil etadi. Ular XIV va XIX asrlarda Islom arxitekturasi traqqaiyotini ko‘rsatuvchi Markaziy Osiyonining qadimiy an'analariga mos ravishda bunyod etilgan.

(v) mezon: Xivaning an’anaviy me’morchilik uslubiga ega maishiy turar-joy me’morchiligi o‘z tashqi qiyofasi va qurilishi bilan Markaziy Osiyodagi aholi punktlarining muhim namunasidir. 

Yaxlitlik bayonoti

Ob'ektlar sarhadlari shaharning baland himoya devorlari bilan tegishli ravishda o‘rab chiqilgan. Ichon qal'aning umumjahon mislsiz qiymatilarini aks ettiruvchi barcha elementlar ob'ektlarga kiritilgan.

To‘rt burchak shaklida qurilgan mudofaa devorlari bilan o‘ralgan Ichon qal'aning umumiy maydoni va uning atrofi yaxlitligicha, ya'ni butunligicha yetib kelgan. Madrasalar, masjidlar, an'anaviy tor ko‘chalar, turar joylar, karvonsaroylar, bozorlar va minoralar saqlanib qolgan.

Hozirgi paytda qator tabiiy tahdidlar mavjud bo‘lib, termitlarning yog‘och qurilishlarni yemirishi, fundamentga ta'sir etuvchi tuproqning sho‘rlanishi va namligi shular jumlasidandir. Ob'ektlarning butunligini saqlab qolish maqsadida ushbu tahdidlarni nazorat qilish kerak va zarur tadbirlarni amalga oshirish lozim.

Haqiqiylik bayonoti

Ichon qal'a haqiqiylikni o‘zida mujassam etgan va u hozirgi kunga qadar asliyadagi holatni saqlab kelmoqda. Bajarilgan restavratsiya ishlarida an'anaviy qurilish uslublari inobatga olingan, pishgan g‘isht, yog‘och va tosh kabi mahalliy materiallardan foydalanilgan.

Himoya va boshqarish bo‘yicha talablar

Oʻzbekiston SSR Vazirlar Mahkamasining 1967-yilgi farmoni bilan Ichanqalʼa muhofaza hududi deb eʼlon qilindi. Hozirgi vaqtda obyekt davlat ahamiyatiga molik obyekt sifatida tasniflanadi.

Butunjahon merosi obyekti bilan bog‘liq tegishli milliy qonunlar va qoidalarga quyidagilar kiradi: (i) Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻg‘risidagi qonun, 2001-yil; ii) Arxitektura va shaharsozlik qonuni, 1995-yil; (iii) Tarixiy va madaniy yodgorliklarni hisobga olish, muhofaza qilish, saqlash, foydalanish va tiklash qoidalari to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma, 1986-yil; (iv) Tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish hududlarini tashkil etish to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma, 1986-yil. Yuqorida qayd etilgan qonunlar, qoidalar, yo‘riqnomalar O‘zbekiston madaniy merosini muhofaza qilish bo‘yicha qo‘llaniladigan qonunchilik normalari hisoblanadi. Mazkur qonun normalarining ijrosi Madaniyat va sport ishlari vazirligi zimmasiga yuklatilib, umumiy nazorat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi zimmasiga yuklatilgan. Mazkur qonunlar va qonun hujjatlarini hayotga tatbiq etish maqsadida Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan Xorazm viloyati, xususan, Ichan qal’a madaniy merosini o‘rganish, asrab-avaylash va ulardan foydalanishga qaratilgan Davlat dasturi ishlab chiqilmoqda. Dastur O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi va u tomonidan tasdiqlanadi.

Qo‘riqxonaning alohida me’moriy yodgorliklari tarixiy va madaniy yodgorliklarni saqlashga doir SSSR davlat siyosatining bir qator qonun hujjatlari bilan himoyalangan. 1967-yilda obyektga Oʻzbekiston SSR Vazirlar Mahkamasining 61-sonli qarori bilan Davlat arxitektura-tarixiy qoʻriqxonasi degan huquqiy maqomi berildi. 1969-yildan beri u muzey-qo‘riqxona hisoblanadi.

Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan Respublika miqyosida Yodgorliklarni muhofaza qilish bosh boshqarmasi, viloyat darajasida Xorazm viloyati madaniy merosi obyektlarini muhofaza qilish va tiklash inspeksiyasi orqali boshqaruv va nazorat amalga oshiriladi. Obyekt chegaralari ichidagi yodgorliklardan foydalanish, ularni saqlash va monitoring qilishni “Ichan-qal’a” qo‘riqxonasi direksiyasi amalga oshiradi.

Uni moliyalashtirish davlat, viloyat va Ichan qal’a zaxira byudjetlari hisobidan amalga oshiriladi. So‘nggi 15 yil ichida obyektni muhofaza qilish holati yaxshilandi. Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va tiklash Bosh boshqarmasi tomonidan 10 yilga mo‘ljallangan kompleks dastur ishlab chiqilmoqda va bufer zonasi belgilanmoqda. Tabiatni muhofaza qilish va boshqarish masalalarini og‘ishmay hal qilish uchun boshqaruv rejasi, shuningdek, uni har tomonlama amalga oshirish uchun manbalar kerak.

Butunjahon merosi chegaralari va bufer zonalari ko‘rsatilgan xarita

Ichon qal'a Butunjahon merosi chegaralari va bufer zonasi koʻrsatilgan rasman yangilangan xaritasi bilan bu yerda tanishingiz mumkin.

Hujjatlar

Ichon qal’a haqida hujjatlarni va batafsil ma’lumotni YUNESKOning Butunjahon merosi veb-saytida topishingiz mumkin.