1972 yilgi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha tashkiloti (YUNESKO) butunjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to'g'risidagi konventsiya, Butunjahon merosi konvensiyasi deb nomlanuvchi, ishtirok etuvchi davlatlar tomonidan dunyo miqyosida tan olingan xalqaro shartnomadir. Konventsiyani imzolash orqali har bir mamlakat nafaqat o'z hududida joylashgan butunjahon merosi ob'ektlarini, balki milliy merosini himoya qilishni ham o'z zimmasiga oladi.
Butunjahon merosi konventsiyasiga qo'shilgan mamlakatlar o'z hududlarida butunjahon mislsiz qiymatiga ega bo'lgan tabiiy va madaniy ob'ektlarni belgilashga va ularni nomzod qilib ko'rsatishga rozilik bildiradilar, ular butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilishi kerak. Butunjahon mislsiz qiymati bu – “milliy chegaralardan oshib ketadigan darajada o’ziga xos va butun insoniyatning hozirgi va kelajakdagi avlodi uchun umumiy ahamiyatga ega bo’lgan madaniy va/yoki tabiiy qiymatlardir” (Amaliy qo’llanmalar, 49-modda). Xususiyatlar, shuningdek, tanlovning o'nta mezonidan kamida bittasiga javob berishi kerak.
Butunjahon merosi ro'yxatidagi har bir sayt o'zining ulkan butunjahon mislsiz qiymati (BMQ) deklaratsiyasiga ega. Bunga uning ahamiyati (qadriyatlari), mezonlari, butunlik va asillik hamda boshqaruvning amaldagi mexanizmlarining qisqa sintezi kiradi. Ushbu atamalar Butunjahon merosi konventsiyasini amalga oshirish bo'yicha amaliy qo'llanmalarda bayon etilgan bo'lib, u Konventsiya matni bilan birgalikda butunjahon merosi uchun asosiy ish qurolidir.
Butunjahon mislsiz qiymatining uch ustuni. Manba: XTMI (2007 yil).
Nega bu joy muhim? Amaliy qo'llanmalarga (77-modda) asoslanib agar obyekt quyidagi mezonlardan biriga yoki bir nechtasiga mos kelsa, Qoʻmita uni butunjahon mislsiz qiymatiga ega deb hisoblaydi (49-53-moddalarga qarang). Shunday qilib, nomzodi qo‘yilgan obyektlar:
(i) inson ijodkorligining durdona asarini ifodalashi kerak;
(ii) ma’lum vaqt oralig‘ida yoki dunyoning madaniy hududi doirasida insoniy qadriyatlarning muhim almashinuvini namoyish etib, arxitektura yoki texnologiya, me’moriy asarlar, shaharsozlik yoki manzara dizaynidagi yutuqlar bilan bog‘liq boʻlishi kerak;
(iii) mavjud yoki yo‘qolib ketgan madaniy an’ana yoki tamaddunning noyob yoki hech bo‘lmaganda tengsiz isbotiga ega bo‘lishi kerak;
(iv) (a) insoniyat tarixidagi muhim bosqich(lar)ni aks ettiruvchi bino turi, arxitektura yoki texnologik ansambl yoki landshaftning yorqin namunasi bo‘lishi kerak;
(v) madaniyat (yoki madaniyatlar) yoki insonning atrof-muhit bilan o‘zaro aloqasini ifodalovchi an’anaviy aholi punkti, yerdan foydalanish yoki dengizdan foydalanishning yorqin namunasi bo‘lishi kerak;
(vi) voqealar yoki oʻlmas qadriyatlar, g’oyalar yoki e’tiqodlar, jahon miqyosida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan badiiy va adabiy asarlar bilan bevosita yoki bilvosita bogʻliq bo‘lishi kerak (Qo‘mita ushbu mezonni boshqa mezonlar bilan birgalikda qo‘llagan ma’qul deb hisoblaydi);
(vii) muhim tabiat hodisalari yoki tengsiz tabiiy go‘zallik va estetik ahamiyatga ega hududlarni o‘z ichiga olishi kerak;
(viii) yer paydo boʻlishiga oid muhim tarixiy bosqichlarni, jumladan, hayotning paydo bo‘lishini, relyeflar rivojlanishidagi muhim geologik jarayonlarni yoki muhim geomorfologik yoki fiziografik xususiyatlarni aks ettiruvchi yorqin namunalar bo‘lishi kerak;
(ix) quruqlik, chuchuk suv, qirg‘oq va dengiz ekotizimlari hamda o‘simliklar va hayvonlar jamoalarining evolyutsiyasi va rivojlanishidagi dolzarb muhim ekologik va biologik jarayonlarni aks ettiruvchi yorqin namunalar bo‘lishi kerak;
(x) biologik xilma-xillikni o‘z tabiiy muhitida saqlash uchun eng muhim va ahamiyatli tabiiy muhitlarni, shu jumladan ilmiy yoki muhofaza qilish nuqtai nazaridan Buyuk umuminsoniy qadriyatga ega bo‘lgan yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan turlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Bu asilmi? Madaniy qadriyat turli xususiyatlar orqali asil va ishonchli tarzda ifodalanishi kerak (Amaliy qo'llanmalar, 82-modda).
U voqeani to‘laligicha ifodalaydimi?Yaxlitlik, bu meros va uning xususiyatlarining yaxlitligi va daxlsizligi o‘lchovidir (Amaliy qo'llanmalar, 88-modda).
Uning kelajagini ta’minlash uchun nima kerak? Muhofaza va boshqaruv tegishli qoidalarni, boshqaruv rejasini yoki boshqa hujjatlashtirilgan boshqaruv tizimini, belgilangan chegaralar va bufer zonalarni hamda har bir Butunjahon merosi obyekti uchun tizimli monitoring va hisobotni o‘z ichiga oladi.
- Boshqaruv tizimlari: har bir nomzodi qo‘yilgan obyekt tegishli boshqaruv rejasiga yoki boshqa hujjatlashtirilgan boshqaruv tizimiga ega bo‘lishi kerak, unda maqbul hamkorlik vositalari orqali obyektning Buyuk umuminsoniy qadriyati qanday saqlab qolinishi kerakligi ko‘rsatilishi kerak (Amaliy qo'llanmalar, 108-118-moddalar). Birlashtirilgan boshqaruv rejasi tabiatni muhofaza qilish yoki sayyohlik rejalari kabi boshqa rejalarni o‘z ichiga olishi mumkin.
- Chegaralar: Ular butunjahon mislsiz qiymatini bildiruvchi va obyektning butunligi va/yoki asilligini ta‘minlovchi barcha xususiyatlarni o‘z ichiga oladi.
- Bufer zonasi: Bu obyektni qo‘shimcha himoya qatlami bilan ta‘minlovchi butunjahon merosi obyektini o‘rab turadigan hudud. Bufer zonalari nomzodi qo‘yilgan obyektning bevosita muhitini, uning muhim manzaralarini va obyektni himoya qilishda funksional jihatdan muhim bo‘lgan boshqa hududlar yoki xususiyatlarlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Jahon merosi qo'mitasi barcha manfaatdor tomonlarni hamkorlikka va quyidagi maqsadlarni amalga oshirishga taklif qiladi:
Ushbu strategik maqsadlar 2002 yilda Butunjahon merosi to'g'risidagi Budapesht deklaratsiyasi va keyinchalik 2007 yilgi Jahon merosi qo'mitasi yig'ilishida Yangi Zelandiya tomonidan taklif qilingan "Beshinchi C" - "Jamiyatlar" qo'shilishi bilan tasdiqlangan.
Bu maqsadlar mushtarakligini YUNESKOning “Tarixiy shahar manzarasi” va Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha tavsiyanomasida yaqqol ko‘rish mumkin.
Quyidagi tavsiyalar 2011-yil 10-noyabrda oʻtkazilgan YUNESKOning Bosh anjumanida qabul qilingan. Bu YUNESKO tomonidan 35 yil davomida tarixiy joylarga oid chiqarilgan birinchi hujjat edi.
Global maqsadlar sifatida ma’lum bo‘lgan Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM), 2015-yilda Birlashgan millatlar tashkilotiga a’zo barcha davlatlar tomonidan kambag’alikka barham berish, sayyoramizni muhofaza qilish va 2030 yilgacha tinchlik hamda farovonlikka erishish yo‘lida harakat qilish uchun umumiy chaqiriq sifatida qabul qilingan. Bu maqsadlar barqaror, umumbashariy va ulkan taraqqiyot dasturini tashkil qiladi, xalq tomonidan va xalq uchun, YUNESKOning faol ishtirokida ishlab chiqilgan.
2020-yilda IKOMOS Meros va rivojlanishdan manfaatdor tomonlar uchun Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha Harakat dasturini chop etdi. Harakat dasturi yo‘riqnomasi IKOMOS BRM Ishchi guruhi tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu yo‘riqnomaning maqsadi ikki qismdan iborat: 1) rivojlanishdan manfaatdor tomonlarni jalb qilish va merosni saqlab qolish amaliyotining barqaror rivojlanish jarayonlariga qo‘shadigan hissasi haqida ommaviy xabardorlikni oshirish; 2) IKOMOS a’zolari va umuman meros bo‘yicha mutaxassislarga merosni saqlab qolish amaliyotlarida barqaror rivojlanish istiqbollarini tadbiq qilish va ularni BRM bilan muvofiqlashtirishda rahbarlik qilish. Unda har bir BRM uchun amaliyotda mavjud misollar orqali tavsiflangan siyosiy bayonotlar mavjud.
Butunjahon merosini saqlab qolish Konvensiyasi uchun Qo‘llanma va resurslar, monitoring va hisobot, hamda milliy qonunchilik bazasi haqida shu yerda koʻproq bilib oling.